Pokistonda ibodatxona xizmatchisi 20 kishini o‘ldirgani aniqlandi
Pokistonning Sargodxa shahridagi mahalliy ibodatxonaning xizmatchisi 20 kishini o‘ldirgani, 3 kishini yaralagani aniqlandi. Bu haqda Dawn nashri xabar bermoqda.
4 kishi voqea joyidan qochishga muvaffaq bo‘lgan. Aynan ular voqea haqida politsiyaga xabar berishgan. Shunday keyin ibodatxonada nazoratchi bo‘lib ishlagan erkak va uning ehtimoliy sheriklari qo‘lga olingan.
«Ibodatxonaning 50 yoshli xizmatchisi Abdul Vohid bu odamlarni o‘ldirganini tan oldi", deb aytgan politsiya boshlig‘i Zulfiqor Hamid.
Shahar politsiya komissari o‘rinbosari Liakat Ali Chattaning aytishicha, erkak qurbonlarni o‘z xonasiga bittama-bitta chaqirtirib, ularga mast qiluvchi modda qo‘shilgan yegulik berib, so‘ngra ularni yog‘och bilan savalab, xanjar bilan o‘ldirgan.
Chattaning aytishicha, erkak ruhan nosog‘lom bo‘lgan, biroq mahalliy aholi buni rad etmoqda.
Ayni vaqtda politsiyachilar ibodatxona hududiga yashirilgan 20 nafar jasadni aniqlashgan. Ta'kidlanishicha, qurbonlar orasida 3 ayol va 17 erkak bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, erkak shu tariqa sobiq diniy rahnamo Ali Muhammadning o‘limi uchun ibodatxonaga qatnovchilardan o‘ch olishga qaror qilgan. Uning fikricha, Ali Muhammad ikki yil avval zaharlab o‘ldirilgan.
Mavzuga oid
21:12 / 22.09.2024
Pokistonda Rossiya elchisi kortejidagi avtomobil mina bilan portlatildi
12:50 / 21.09.2024
Pokiston O‘zbekiston ishtirokidagi xalqaro transport yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha memorandumni imzoladi
14:10 / 10.09.2024
Niderlandiyada qotillikka undaganlikda ayblangan ikki pokistonlik sudlandi
12:27 / 21.08.2024