Jamiyat | 13:30 / 03.04.2017
5813
1 daqiqa o‘qiladi
Somali qaroqchilari Hindiston savdo kemasini garovga oldi
Somali qaroqchilari Hindistonning bortida 11 nafar ekipaj a'zolari bo‘lgan savdo kemasini garovga oldi, deb yozmoqda India Today telekanali.
Hodisa 1 aprel kuni ro‘y bergan. Kema Dubaydan Yamanning Al Mukalla portiga ketayotgan bo‘lgan.
Savdo kemasi Hindistonning Gujarat shtati Mandavi portida ro‘yxatdan o‘tgan. Ekipaj a'zolarining barchasi ushbu sohilbo‘yi shahri fuqarolaridir.
Ta'kidlanishicha, qarqchilar kichkina qayiqda ichimlik suvi so‘rab, yaqinlashishgan.
Mavzuga oid
09:50 / 21.09.2024
Hindiston O‘zbekistonda elektromobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarishi mumkin
17:32 / 20.09.2024
Rossiya armiyasiga aldov yo‘li bilan jalb qilingan va urushga yuborilgan o‘nlab hindistonliklar vataniga qaytdi
22:24 / 19.09.2024
Samsung’ning Hindistondagi zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
01:33 / 14.09.2024