Jahon | 21:05 / 13.04.2017
20862
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Xavfsizlik Kengashi bilan nimalarni muhokama qildi?

Foto: RIA

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Rossiya Xavfsizlik Kengashi (XK)ning doimiy a'zolari bilan Suriyadagi vaziyat hamda Rossiya-Amerika munosabatlari istiqbollarini muhokama qildi. Shuningdek Rossiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy kun tartibi masalalari haqida ham fikr almashildi. Bu haqida davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov xabar berdi. 

"Suriyadagi vaziyat bo‘yicha fikrlar almashinuvi davom ettirildi. Shuningdek yig‘ilish ishtirokchilari Rossiya- Amerika munosabatlarining hozirgi ahvoli va uning istiqbollari borasida fikr almashishdi. Bundan tashqari, Rossiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy kun tartibi masalalari muhokama qilindi", - dedi u.

Yig‘ilishda bosh vazir Dmitriy Medvedev, parlamentning ikki palatasi spikerlari Valentina Matviyenko va Vyacheslav Volodin, Kreml ma'muriyati rahbari Anton Vayno, RF XK kotibi Nikolay Patrushev, ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, mudofaa vaziri Sergey Shoygu, FXX direktori Aleksandr Bortnikov, tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin, prezidentning tabiat muhofazasi, ekologiya va transport masalalari bo‘yicha maxsus vakili Sergey Ivanov ishtirok etishdi. 

Mavzuga oid