Apple hammuassisi kelajakni qanday ko‘rishi borasidagi fikrlarini bayon qildi
Apple korporatsiyasi hammuassisi Stiv Voznyak 2075 yilga borib dunyoni qanday ko‘rishiga bog‘liq fikrlari bilan bo‘lishdi. Bu haqida USA Today'da xabar berildi.
Voznyakning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya 1911 yilda asos solingan "IBM kabi uzoq faoliyat yuritadi". "O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, Apple'ning qancha puli bor (246 milliard dollar). Uni istagan yo‘nalishda investitsiya qilish mumkin. Apple'ning 2075 yilgacha yo‘q bo‘lishini taxmin qilish kulgili bo‘lardi. Google va Facebook ham xuddi shunday", - deb hisoblaydi u.
Shuningdek Voznyak 2075 yilga borib, odamlarning sahrolarda yashashi va bu noldan yaratilgan kelajak uchun eng mukammal joy ekanini aytdi. Uning fikricha, sun'iy intellekt odamlar hayotida muhim rol o‘ynaydigan bo‘ladi.
Voznyak koinotni fath qilish borasida ham ijobiy yondashuvini bildirdi. U 2075 yilga borib, odamlar Marsni mustamlaka qilishga muvaffaq bo‘lishiga va u yerliklarning sanoat markazi bo‘lishiga ishonadi. Apple hammuassisi u vaqtga borib, odamlarning o‘zga sayyoraliklar bilan aloqa o‘rnatishini taxmin qildi.
Mavzuga oid
23:31 / 14.11.2024
iCloud mijozlari Apple kompaniyasini sudga berdi
16:54 / 13.11.2024
Apple iPhone narxidagi kitobini chiqardi
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:56 / 08.11.2024