O‘zbekiston | 18:33 / 17.04.2017
9554
1 daqiqa o‘qiladi
“O‘zbekiston havo yo‘llari” xalqaro charter dasturini bajardi
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK yaponiyalik turistlarni Yaponiyaning Nagoya shahridan Guam (AQSh)ga tashish maqsadidagi charter dasturini bajardi. Bu haqda kompaniya rasmiy sayti ma'lum qildi.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK hamda MAKning Tokio (Yaponiya) shahridagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan dastur doirasida milliy aviatashuvchining uch ekipaji 28 fevraldan 2 aprelga qadar yaponiyalik sayyohlarni Nagoya – Guam – Nagoya yo‘nalishi bo‘yicha o‘z manziliga yetkazdi.
MAK ekipajlari tomonidan Airbus 320 zamonaviy avialaynerida hammasi bo‘lib 33 reys amalga oshirildi va 4 200 yo‘lovchi tashildi.
Mavzuga oid
08:34 / 23.04.2024
Asiana Airlines Nagoyadan O‘zbekistonga aviareyslar yo‘lga qo‘yadi
14:22 / 22.04.2024
Nagoya shahrida birinchi "O‘zbekiston-Yaponiya savdo uyi" ochildi
07:52 / 26.09.2023
Nagoya shahrida O‘zbekistonning faxriy konsulligi ochildi
12:12 / 19.12.2020