Jahon | 00:12 / 24.04.2017
11121
2 daqiqa o‘qiladi

Duterte "kerak bo‘lsa hayvonga aylanishi mumkinligini" aytdi

Filippin rahbari Rodrigo Duterte mahalliy sport musobaqasining ochilishi marosimidagi nutqida terrorchilarga yuzlanib, agar kerak bo‘lsa "hayvon"ga aylanishi mumkinligini aytgan. Bu haqda National Post nashri xabar bermoqda.

Filippin rahbari, shuningdek, jangarilardan 50 karra shafqatsizroq bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

O‘zining keskin gaplari bilan ajralib turadigan Duterte bu gaplariga qo‘shimcha tarzda bir necha kun avval yo‘q qilingan "Abu Sayof" terrorchilik tashkilotining yetakchisi Muammar Askali agar kayfiyati yo‘qligida yo‘lida uchraganda, uning jigarini yeb qo‘ygan bo‘lishini hazil aralash aytgan.

"Agar siz hayvon bo‘lishimni istasangiz, men hayvon bo‘lishga ko‘nikib qolganman. Men sizlar sodir etgandan 50 chandon ko‘proq sodir etishim mumkin", deb aytgan Duterte.

Aprel o‘rtalarida filippinlik harbiylar "Abu Sayof"ning yetakchisi, kanadalik sayyoh Jon Ridsdel va nemis Yurgen Kantnerning qatl etilishlari uchun javobgar bo‘lgan Muammar Askalining yo‘q qilinganini ma'lum qilishgandi. 

Mavzuga oid