Uzbek Tigers‘ning chorak finaldagi raqibi ma'lum
Boks bo‘yicha xalqaro boks seriyasiga kiruvchi (WSB) musobaqalarining chorak finaliga qur'a tashlandi. Unga ko‘ra O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Uzbek Tigers jamoasi o‘zining raqibini bilib oldi.
Tashkilot rasmiy tvitteri bergan ma'lumotga ko‘ra Uzbek Tigers chorak finalda Kubaning Cuba Domadores jamoasiga qarshi jangga chiqadi.
Chorak finalning qolgan juftliklari quyidagicha ko‘rinish olgan:
Italia Thunder - Colombia Heroicos
Russian Patriots - Astana Arlans
Fighting Roosters - British Lionhearts
Chorak finalning birinchi janglari 12-13 may kunlari bo‘lib o‘tadi. Javob uchrashuvlari esa 19-20 mayga belgilangan.
Agar Uzbek Tigers jiddiy raqibga qarshi ikkitalik jangda g‘alaba qozonsa, yarim finalda Italia Thunder - Colombia Heroicos juftligi g‘olibiga qarshi ringga ko‘tariladi.
Yarim final uchrashuvlari 9-10 va 23-24 iyunga mo‘ljallangan. Final 31 iyun va 1 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
18:40 / 08.08.2024
Olimpiadada asr voqeasi: Kubalik gigant hech kim qilolmagan ishni uddaladi
22:44 / 17.06.2024
Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining kemalari Kubani tark etishni boshladi
08:32 / 14.06.2024
Rossiya floti kemalari ortidan AQSh suvosti kemasi ham Kuba qirg‘oqlariga yaqinlashdi
11:42 / 13.06.2024