Fan-texnika | 22:34 / 25.04.2017
7182
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar oqqanddan cho‘ziluvchan batareya ixtiro qilishdi

Ostindagi Texas universiteti (AQSh) olimlari Advanced Materials ilmiy jurnalining navbatdagi sonida yangi, cho‘ziluvchan baterayalar haqida maqola e'lon qilishdi.

phys.org

Yangi texnologiya asosida oddiy bir chaqmoq oqqand yotadi. Qand o‘ziga polimerni shimib oladi va g‘ovaksimon struktura hosil qilib, shaklini to‘liq unga bo‘shatib beradi. Polimer gubka g‘ovaklari “gubkali elektrod” hosil bo‘lishi uchun grafen asosidagi tok o‘tkazuvchi eritma bilan to‘ldiriladi. Natijada, yangi batareyaning barcha tarkibiy qismlari cho‘zilish xususiyatiga ega bo‘ladi.

phys.org

Sinovlar shuni ko‘rsatdiki, to‘liq batareya o‘zining dastlabki uzunligidan 50 foizigacha cho‘zilishi mumkin va deformatsiya polimer materialning ichki xossalari bilan chegaralangan. Cho‘ziluvchan batareyadan kelajakda badanga o‘rnatiladigan, salomatlikni nazorat qiluvchi turli xil datchiklar, o‘zi bilan olib yuriladigan kommunikatsiya qurilmalari, egiluvchan displeylar va implantatsiya qilinuvchi tibbiy qurilmalarda foydalanish mumkin, — deb yozadi phys.org.

Mavzuga oid