Jahon | 23:09 / 02.05.2017
9389
4 daqiqa o‘qiladi

Rus olimlari musaffo osmondagi turbulentlikni oldindan ayta olishni o‘rganishdi

Foto: RBK

Musaffo osmondagi turbulentlik — uyurma oqimlar ichida eng yoqimsiz turi hisoblanib, juda yaxshi ko‘rinishga ega bo‘lgan ochiq osmonda unga to‘satdan duch kelinadi. Samolyot yo‘nalishi va tezligi, harorati, zichligi turlicha bo‘lgan havo oqimlari orasiga tushib qoladi. Moskva – Bangkok yo‘nalishida SU-270 aviareysi bilan harakat qilgan Boing-777 aynan shunday turbelentlikka duchor bo‘lgan, uning natijasida 27 kishi jarohat olgan: 24 nafar rossiyalik va 3 nafar Tailand fuqarolari. 

Gap shundaki, shu paytgacha ochiq osmonda turbulentlikni oldindan aytib bo‘lmasdi, bortdagi uskunalar xavfli zonaga yaqinlashayotganlikni aniqlay olmaydi. Yo‘lovchilar va ekipaj a'zolari oladigan jarohatlarga sabab, uchuvchilarni yaqinlashayotgan «o‘ydim-chuqur yo‘l»dan ogohlantirishga va xavfsizlik kamarlarni o‘tkazishni aytishga vaqti yetishmaydi.

Olimlar ochiq va musaffo osmonda turbulentlikni aniqlash ustida anchadan beri ish olib borishmoqda. Moskva injyenerlik-fiziki institutining (MIFI) milliy yadro tadqiqoti universiteti (MYaTU) fizik olimlari ehtimolli turbulentlik zonalarini aniqlash uchun «URAGAN myuon hodoskopi»ni ishlatishni u bilan atmosferadagi myuonlar (manfiy elektr zaryadli beqaror elementar zarralar) trayektoriyasini aniqlash mumkin.  Myuonlar — bu holatda kosmik zarralar (prtonlar va yadrolar) ning Yer atmosferasi bilan o‘zaro ta'siridan so‘ng paydo bo‘ladi. Atmosfera ichra uchib kirar ekan, myuon energiyasini yo‘qotadi. Qancha energiya yo‘qotilgani myuon uchib o‘tadigan atmosfera qatlamidagi moddalar xarakteristikasiga bog‘liq. Energiya yo‘qotilishiga elektromagnit maydonlar, havo harorati, havoning siyrakligi, suv bug‘larining miqdori ta'sir qiladi. Myuon oqimlarning o‘zgarishi xarakteriga qarab, atmosfera jarayonlarini kuzatish, tasvirlash va oldindan aytish mumkin.

Qurilmaning ishlash prinsipini MIFI MYaTUning NeVOD ilmiy-ta'lim markazi Igor Yashin tushuntirib berdi: «Hodoskop har bir myuonning o‘zgarishini qayd qiladi, biz esa rentgen suratiga o‘xshash atmofera manzarasiga ega bo‘lamiz. Biz bugun URAGAN statsionar hodoskopini ishlatmoqdamiz, shuningdek, apparatning ixcham varianti ham ishlab chiqilgan». Mobil hodoskopdan ayni paytda Rossiya FA amaliy geofizika Instituti tadqiqotlarida foydalanilmoqda.

Asbobning xarakteristikasi kuzatish uchun sayyoramizning istalgan nuqtasiga olib borish imkoniyatini taqdim etadi, uni quvvatlantirish uchun kichikroq elektrogenerator yoki maishiy rozetka yetarli.

«Qurilma aynan atmosfera jarayonlarini kuzatish uchun ishlab chiqilgan, biz undan ochiq osmondagi turbulentlikni aniqlashda ham ishlatilishidan umidvormiz. Biz uchun asosiy masala — uni allaqachon kuzatib bo‘lingan hodisalar uchun yana bir bor aniqlashtirib olish, — deya tushuntiradi Igor Yashin. — Biz zichlik gradiyenti o‘zgargan atmosferadagi istalgan jarayonlarni kuzata olamiz».

«Tailand osmonida yuz bergan hodisada 700 metrlik «havo o‘ra»si haqida xabar qilishmoqda: bu degani — ushbu zonada havoning siyrakligida juda katta farq yuzaga kelgan va hodoskop yordamida biz uni osongina aniqlay olgan bo‘lar edik. Myuon tashxisidan foydalanib, biz atmosferani kuzatishimiz, 15 kilometrgacha bo‘lgan balandlikda har qanday atmosfera hodisasini oldindan ayta olishimiz mumkin. Faqat bir tipli asbob-uskunalar tarmog‘i tuzilsa bas», — deydi Yashin.

Mavzuga oid