Fan-texnika | 23:09 / 16.05.2017
15904
2 daqiqa o‘qiladi

Telegram asoschilari hech qaysi davlatga ma'lumotlar bermasliklarini aytishdi

Foto: Chris Ratcliffe / Bloomberg

Telegram messenjeri dunyoning istalgan davlati hukumati va maxsus xizmatlariga ma'lumot taqdim qilmaydi. Messenjer vakillarining aytishicha, trafikni rasshifrovka qilish uchun ma'lumotlarni berishga majbur qilish qiyin bo‘ladi. 

Hech qaysi hukumat tuzilmalari yoki maxsus xizmatlari messenjerdan ma'lumotlar ololmaydi. Messenjerda o‘zaro almashinuvchi ma'lumotlar shifrlangan bo‘lib, shifrlash kodlari turli davlatlarda saqlanadi. 

"Dunyoning hech qaysi hukumati yoki maxsus xizmati bizdan hali biror bir ma'lumot ololmagan. Va hamisha shunday bo‘lib qoladi", deb aytdilar messenjer yaratuvchilari.

Shifrlash kalitlari "bir necha qismlarga bo‘lingan" va bu qismlar turli ma'lumotlar markazlarida saqlanadi. Ma'lumotlar markazlari esa turli davlatlarda joylashgan va Telegram’ni biror ma'lumotni berishga majbur qilish uchun bir nechta davlat o‘rtasida noreal hamkorlik talab qilinadi, deb ta'kidlandi Telegram’da.

Avvalroq Change.org saytida Telegram foydalanuvchilari arznomasi joylashtirilgandi. Uning mualliflari Rossiyaning aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha federal xizmati (Roskomnadzor) messenjer yaratuvchilaridan Rossiya hukumatiga resurs haqida axborot berishni talab qilganini ma'lum qilishgan. Bu esa messenjerni axborot tarqatishni tashkillashtiruvchilar ro‘yxatiga kiritish uchun talab qilinadi. Arznoma mualliflari messenjer yaratuvchisi Pavel Durovni Rossiyada bloklanishdan qochishga va Roskomnadzor bilan hamkorlik qilishga chaqirishgan.

Roskomnadzor matbuot kotibi bu axborotga izoh berishdan bosh tortdi va bu gaplar mish-mishlar ekanini aytdi.

Roskomnadzor shu sababli 2 may kuni taqiqlangan saytlar ro‘yxatiga BlackBerry, Imo, Line messenjerlari va Vchat videochatini kiritgan. 5 may kuni tashkilot WeChat messenjeri saytini bloklab qo‘ygan, biroq messenjer ro‘yxatga kiritish uchun ma'lumotlarni taqdim qilgandan keyin taqiqlov olingan.

Mavzuga oid