Yaponiya imperatori taxtdan voz kechish imkoniga ega bo‘lish arafasida
Yaponiya hukumati mamlakat imperatori Akixitoning taxtdan voz kechishi va tojni merosxo‘ri shahzoda Naruxitoga topshirishiga ruxsat beruvchi qonun loyihasini ma'qulladi. Hujjat 19 mayning o‘zida tasdiqlash uchun parlamentga taqdim etiladi. Kyodo agentligi ma'lumotiga ko‘ra, qonun iyun oyi o‘rtalarida qabul qilinishi mumkin.
Qayd etish joizki, mazkur qonun loyihasi 83 yoshli imperator uchun maxsus ishlab chiqildi. Akixito 2016 yilning avgustida o‘z xalqiga qilgan videomurojaatida keksaligi tufayli majburiyatlaridan voz kechish istagini bildirgan edi. Taxminlarga ko‘ra, u 2018 yil dekabr oyida, 85ga kirganida taxtni shahzodaga topshirishi mumkin.
Albatta, qonun loyihasiga ko‘ra, Akixito taxtdan tushganidan keyin ham "Janobi oliylari" maqomi, davlat ta'minoti va boshqa imtiyozlarini saqlab qoladi. 57 yoshli merosxo‘r shahzoda Naruxito esa otasi tojdan voz kechishi bilan zudlik bilan taxtni egallaydi.
Yaponiya ushbu qonun loyihasini ishlab chiqishda keyingi holatlarni ham e'tiborga olishga harakat qilib, taxtdan voz kechish doimiy tus olmasligiga e'tibor qaratgan. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, imperatorlar umrlarining oxirigacha taxtda bo‘lishadi. So‘nggi marotaba Yaponiya imperatorining taxtidan voz kechishi 200 yil avval, 1817 yilda bo‘lgan. O‘sha vaqtlarda bu oddiy hol bo‘lgani uchun alohida qonun qabul qilinishi talab etilmagan. Umuman, Yaponiya tarixidagi 125 nafar imperatorning deyarli yarmi taxtdan voz kechgan.
Mavzuga oid
21:18
Yaponiyada seysmik yoriqlar tufayli yadroviy reaktorni qayta ishga tushirishga ruxsat berilmadi
19:55 / 11.11.2024
Yaponiyada Ishiba hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi
17:59 / 11.11.2024
Yaponiyaning asosiy meteorologik sun’iy yo‘ldoshi ishdan chiqdi
23:27 / 10.11.2024