Video: Uyning shiftidan 120 mingga yaqin asalari topildi
AQShning Dekeyter (Jorjiya shtati) shahrilik ayol Liza Ormundt o‘z uyida doimiy ravishda uchib yuradigan asalarilarni payqagandan so‘ng asalarichi (asalarichilik bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis)ni chaqirtirdi. Mutaxassis xonalardan birini ko‘zdan kechirish jarayonida shiftda doimiy ravishda yashovchi 120 mingdan ortiq hasharotlarni aniqladi, deb xabar bermoqda CBS News.
Asalarichi Bobbi Cheysson asalarilarning aniq qayerda joylashganini aniqlash maqsadida issiqlik kamerasidan foydalandi, hamda shiftda ularning uyasini topdi.
Olti soat davomida asalarichini arilar 15 marta chaqdi. U uyadan hasharotlarni tortib olish maqsadida vakuumli nasosdan foydalandi va ularni katta kanistrlarga joylashtirdi.
«Uning aytishicha, bu uyaning tashkil topganiga kamida 2 yil bo‘lgan», - dedi Ormundt. Qo‘shimcha qilinishicha, ayol bu uyda taxminan to‘qqiz yildan beri yashaydi.
Cheysson uya bu qadar katta bo‘lishini kutmagandi. U shiftdan gipsokartonni yechib olgan. Mutaxassis taxminan 60 kilogramm asal va mumkatakni chiqarib oldi.
Qo‘shnilarning Ormundtga aytishicha, uyning avvalgi egalarida ham xuddi shunday muammo paydo bo‘lgan ekan. Shuning uchun shift tozalanganidan so‘ng, Cheysson shift va ikkinchi qavat o‘rtasida hasharotlar boshqa qaytib kelmasligini uchun maxsus isituvchi material qo‘yib qo‘ydi.
Mavzuga oid
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
16:25 / 09.11.2024