Jamiyat | 17:29 / 22.05.2017
12676
2 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda tomorqasida “ko‘knor” ekkan ayol aniqlandi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan huquqni muxofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbir davomida Bog‘ot tumanida yashovchi fuqaro Norgul Abdullayeva (ism va familiyalar o‘zgartirilgan) o‘zi istiqomat qilayotgan uyining tomorqasiga 255 tup “ko‘knor” giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlandi. Bu haqda Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Tadbir davomida fuqaro Norgul Abdullayevaning uyining yordamchi xonalari ko‘zdan kechirilganda jami og‘irligi 107,84 gramm ko‘knor giyohvandlik o‘simligi urug‘i va og‘irligi 1,98 gramm ko‘knor giyohvandlik o‘simligining quritilgan barglari (makovaya saloma) borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Norgul Abdullayevaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 270-moddasining 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bugungi kunda tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Mavzuga oid