Jamiyat | 17:49 / 23.05.2017
9465
1 daqiqa o‘qiladi
Dubayda avtobus ishtirokida yirik avtohalokat sodir bo‘ldi, qurbonlar bor
BAAning yirik shahri Dubayda dahshatli yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi, oqibatda 7 kishi halok bo‘lib, 35 kishi yaralandi. Bu haqda Arabian Business nashri xabar qilmoqda.
Yo‘lovchi avtobusining yuk mashinasi bilan to‘qnashuvi mahalliy vaqt bilan ertalab soat 8da Al Yalayis ko‘chasida yuz bergan.
Politsiyaning dastlabki tekshiruvi natijasiga ko‘ra, avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘lagiga chiqib ketgan.
Boshqa tafsilotlar ma'lum qilinmayapti.
Mavzuga oid
09:12 / 28.09.2024
O‘zbekiston va BAA mudofaa sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi mumkin
18:41 / 27.09.2024
Burj Xalifa: dunyoni hayratga solayotgan osmono‘par bino
17:49 / 27.09.2024
Saida Mirziyoyeva BAA bosh vaziri o‘rinbosari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
10:50 / 23.09.2024