Jamiyat | 16:12 / 01.06.2017
10663
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya kurortlaridan birida 6 yoshli qizchaning hayoti xavf ostida qoldi

Britaniyalik Aleks Morgan o‘zining Facebook sahifasida Ispaniyadagi oilaviy ta'til davomida 6 yoshli qizalog‘idan ayrilib qolishiga bir bahya qolgani haqida hikoya qildi. 

Voqea Kanar orollaridagi Rubicon Palace mehmonxonasi hududida sodir bo‘ldi. Qizcha suvda suzayotib, birdan negadir suv yuzasiga chiqa olmayotganini anglab yetgan. Ma'lum bo‘lishicha, suzish havzasi ichidagi kuchli filtr Dorsining sochlarini tortib ketgan. "Tuzoq"qa tushgan qizcha ikki daqiqacha suv ostida qolib ketdi.

Dorsi va uning ota-onasi baxtiga mehmonxonada yashovchilardan biri o‘sha yerdan o‘tayotib, cho‘kayotgan bolani ko‘rib, unga yordamga shoshilgan. Qizni qutqarish uchun uning sochlarini mexanizmdan qo‘li bilan uzib tashlashga to‘g‘ri kelgan.

Dorsi suv yuzasiga olib chiqilganida hushsiz bo‘lgan. Qizda o‘tkir kislorod yetishmovchiligi va o‘ng o‘pkada suyuqlikning ko‘pligi aniqlangan. Qizga o‘sha yerning o‘zidayoq tibbiy yordam ko‘rsatildi, keyin esa shifoxonaga yetkazildi - u hozir ham shifokorlarning qat'iy nazorati ostida.

Mavzuga oid