Jahon | 19:00 / 04.06.2017
16681
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp London merining teraktlar haqidagi so‘zlarini tanqid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp London meri Sodiq Xonning 3 iyun kechki vaqt Londonda sodir etilgan terakt haqidagi so‘zlarini tanqid qildi. Avvalroq London meri hukumat London ko‘prigidagi teraktdan keyin terrorchilik xavfi darajasini oshirmasligini, u "jiddiy" bo‘lib qolishi va ko‘chada politsiyaning kuchaytirilgan naryadlari navbatchilik qilishni davom ettirishini aytgandi.

"Terakt oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘lgan va 48 kishi yaralangan, London meri esa "xavotirlanishga sabab yo‘q" deb aytmoqda", deb yozdi Tramp tvitterdagi sahifasida.

London ko‘prigida 3 iyun kechki vaqt avtomobil haydovchisi odamlarni bosib ketgan. So‘ngra mashinadan 3 terrorchi chiqib, piyodalarga hujum qilgan. Terrorchilar politsiya tomondan yo‘q qilingan. Terakt oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan, 48 kishi yaralangan. Jarohatlanganlarning ba'zilari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Mavzuga oid