Jahon | 11:40 / 05.06.2017
7508
1 daqiqa o‘qiladi
BAA milliy aviakompaniyasi Qatarga barcha reyslarni to‘xtatdi
Birlashgan Arab Amirliklarining Etihad Airways milliy aviakompaniyasi Qatarga bo‘lgan barcha reyslarini to‘xtatdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, Etihad Airways’ning Qatarga so‘nggi samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 2.45 da parvoz qiladi.
Ma'lum bo‘lishicha, bunday qaror BAA Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzganidan so‘ng qabul qilingan.
Avvalroq Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn va Birlashgan Arab Amirliklari mintaqani beqarorlashtirayotganlikda ayblab, Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzgani haqida xabar bergandik.
Mavzuga oid
10:40 / 13.09.2024
Qatar o‘zbekistonlik talabalar uchun ta’lim grantlari sonini ko‘paytirishi mumkin
12:16 / 10.09.2024
Saida Mirziyoyeva Qatarga tashrif buyurdi
11:24 / 29.08.2024
OAV: BAA banklari Xitoy elektronikasi uchun Rossiyadan to‘lovlarni bloklamoqda
12:06 / 06.08.2024