Misr Qatar bilan diplomatik aloqalarni nima sababdan uzganini ma'lum qildi
Misr Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzish haqidagi qarorni, Doha “Musulmon birodarlar” assotsiatsiyasi boshchiligidagi terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashni bas qilish borasidagi murojaatlarni e'tiborsiz qoldirganidan so‘ng qabul qildi. Bu haqda Misr TIV bayonotida aytiladi.
“Misr Arab Respublikasi hukumati Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzish haqidagi qarorni, ushbu mamlakat hukumati Misrga nisbatan dushmanlik kayfiyatida siyosat olib borgani va “Musulmon birodarlar” boshchiligidagi terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashni bas qilmagani tufayli qabul qildi”, - deya diplomatik idora rasmiy vakili bayonotini keltiradi RIA Novosti.
Ta'kidlanishicha, Qatar “Misr hududidagi teraktlarga aloqador bo‘lgan “Musulmon birodarlar” yetakchilariga boshpana taqdim etishda davom etmoqda”.
Avvalroq to‘rt arab davlati Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzgani haqida xabar bergandik.
Mavzuga oid
12:40 / 16.09.2024
Misrda xorijiy turistlar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
10:40 / 13.09.2024
Qatar o‘zbekistonlik talabalar uchun ta’lim grantlari sonini ko‘paytirishi mumkin
12:16 / 10.09.2024
Saida Mirziyoyeva Qatarga tashrif buyurdi
23:44 / 09.09.2024