Sport | 07:45 / 07.06.2017
19408
2 daqiqa o‘qiladi

«Terek»ka Ramzan Qodirovning otasi nomi berildi

Rossiyaning «Terek» klubi qayta nomlandi. Klub bosh direktori Axmed Aydamirovning so‘zlariga ko‘ra, klub kengashi klubga «Axmat» nomini berishga qaror qilgan.

«Terek» rostdan ham «Axmat» deya qayta nomlandi. Klub kengashi shunday qaror qabul qildi. Respublika rahbaridan ushbu qarorni tasdiqlash iltimos qilingan maktub yo‘llangan. Hujjatlar Adliya vazirligi va RFPLga ham yo‘llangan. Chempionat boshlanguniga qadar jarayonni yakunlashga umid qilamiz», — degan Aydamirov.

RFPLning yakunlangan mavsumida «Terek» turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egalladi va yevrokuboklardan chetda qoldi.

Qayd etish kerakki, Chechenistonning birinchi prezidenti, hozirgi prezident Ramzan Qodirovning otasi Axmat Qodirov nomi respublikadagi sport inshootlari va klublarga berilgan. Xususan, «Terek»ning uy o‘yinlari o‘tkaziladigan arena ham uning nomi bilan atalgan.

Mavzuga oid