BAA Qatarga pochta jo‘natmalari yuborishni to‘xtatdi
Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) hukumati Qatarga pochta jo‘natmalari yuborishni to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda BAAning milliy pochta xizmati - Emirates Post Group saytida xabar qilingan.
"Emirates Post Group BAA hukumati topshirig‘iga ko‘ra, 2017 yilning 6 iyunidan boshlab Qatarga barcha turdagi pochtalarning yuborilishini to‘xtatdi", - deyiladi matbuot relizida.
5 iyun kuni Bahrayn, BAA, Saudiya Arabistoni, Misr, Yaman, Liviya muvaqqat hukumati, Maldiv Respublikasi va Mavrikiy Respublikasi Doha bilan diplomatik aloqalarni uzishgani haqida ma'lum qilishdi. Ularning fikricha, amirlik terrorizm va ekstremistik mafkurani qo‘llab-quvvatlaydi hamda arab davlatlariga nisbatan dushmanlik kayfiyatidagi siyosatni olib boradi. Keyinchalik ular safiga Mavritaniya va Komor qo‘shildi, Iordaniya va Jibuti esa diplomatik vakolatxonalari darajasini pasaytirishdi.
Mavzuga oid
10:40 / 13.09.2024
Qatar o‘zbekistonlik talabalar uchun ta’lim grantlari sonini ko‘paytirishi mumkin
12:16 / 10.09.2024
Saida Mirziyoyeva Qatarga tashrif buyurdi
11:24 / 29.08.2024
OAV: BAA banklari Xitoy elektronikasi uchun Rossiyadan to‘lovlarni bloklamoqda
12:06 / 06.08.2024