Erdo‘g‘an turk harbiylarini Qatarga yuborishga ruxsat berdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Qatarga turk harbiy xizmatchilarini yuborish to‘g‘risidagi qonunni, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi harbiylar tayyorlash bo‘yicha kelishuvni ma'qulladi. Reyter agentligi shu haqda xabar qilmoqda.
Kuni kecha Turkiya parlamenti mamlakat harbiylarini Qatardagi bazaga joylashtirishga ruxsat beruvchi hamda Qatar jandarmeriyasini tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilish borasida qonunni qabul qilgan edi. Avvalroq, Turkiya TIV vakili RIA Novostiga Anqara va Doxaning Qatarda Turkiyaharbiy bazasini tashkil etish rejasi borligini tasdiqlagan edi. Ta'kidlanishicha, turk harbiylarini Qatarda joylashtirish ikki mamlakatning xavfsizlik va jandarmeriya xodimlarini o‘qitish bo‘yicha 2015 yilda imzolangan ikki tomonlama kelishuvi asosida amalga oshiriladi.
Agentlikka ko‘ra, hukumat buyrug‘i rasmiy Official Gazette nashrida 9 iyun kuni e'lon qilingan.
5 iyun kuni Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA va Misr Qatar bilan diplomatik aloqalarini uzgan edi. Keyinchalik, Yaman, Liviya muvaqqat hukumati, Maldiv orollari, Mavrikiy va Komor orollari hukumatlari ular safiga qo‘shildi. Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an esa, uning mamlakati Qatarni qamal qilish choralariga qo‘shilmasligini bildirdi.
Mavzuga oid
10:40 / 13.09.2024
Qatar o‘zbekistonlik talabalar uchun ta’lim grantlari sonini ko‘paytirishi mumkin
12:16 / 10.09.2024
Saida Mirziyoyeva Qatarga tashrif buyurdi
09:10 / 18.07.2024
Saida Mirziyoyeva Qatarning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi
10:24 / 03.06.2024