Indoneziya sohillari yaqinida "oyoqli" baliq topildi
Fransiyalik dengiz biologi Yemenrik Benxalassa avval fanga ma'lum bo‘lmagan, "oyoqlari" bor, chuqur suv ostida yashovchi baliqlar turini aniqladi. Olim bunday "topilma"ga Indoneziya sohillariga ilmiy ekspeditsiya vaqtida duch kelgan va suv osti dunyosining antiqa vakilini videoga oldi.
Keyinroq bu yozuvni okeanshunos mutaxassislar o‘rganib chiqib, baliq "oyoq" sifatida pastki ko‘krak suzgichlaridan foydalanishi haqidagi xulosaga kelishgan. Bu suzgichlar baliqqa nafaqat dengiz tubi bo‘ylab harakatlanishga, balki oziqa qidirishda yordam beradi.
Shu bilan birga bu "dengiz piyodasi" hali hech bir sinfga kiritilmadi. Olimlarning fikricha, u nurpatli baliqlar otryadi vakillariga o‘xshashdir, deb xabar bermoqda National Geographic.
Mavzuga oid
23:17 / 23.09.2024
Xitoyda 3D-printer yordamida baliq go‘shti muqobili yaratildi
08:10 / 06.09.2024
Sirdaryoda qoidalarni buzgan holda baliq ovlagan shaxsga 20 mln so‘m jarima belgilandi
23:40 / 01.09.2024
Tailandda qora tilapiya balig‘iga qarshi «urush» boshlandi
11:00 / 25.08.2024