Niger Qatardan elchisini chaqirtirib oldi
Niger Respublikasi Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzgan bir qator arab davlatlari bilan birdamligi sifatida Qatardan o‘z elchisini chaqirtirib olganini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
5 iyunda Bahrayn, BAA, Saudiya Arabistoni, Misr, Yaman, Liviyaning muvaqqat hukumati, Maldiv Respublikasi va Mavrikiy Respublikasi Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzishlarini ma'lum qilgandilar. Keyinroq ularga Mavritaniya, Komor orollari qo‘shilgan, Iordaniya esa Qatardagi elchixonasi darajasini pasaytirgandi. Bir qator davlatlar Qatarga qarshi choralar ko‘rishlarini, jumladan dengiz va avia aloqani to‘xtatishlari, Qatar diplomatlari va fuqarolarini o‘z hududlaridan chiqarib yuborishlarini ma'lum qilganlar.
7 iyunda Senegal Qatardan o‘z elchisini chaqirtirib olishini ma'lum qilgan. Qatar siyosatini Gabon tanqid qilib chiqqan. Dohada bu harakatlar o‘rinsiz, unga qo‘yilayotgan ayblovlar esa asossiz deb hisoblanmoqda.
Mavzuga oid
11:30 / 17.09.2024
Pentagon Nigerdan AQSh kuchlarini olib chiqishni yakunladi
10:40 / 13.09.2024
Qatar o‘zbekistonlik talabalar uchun ta’lim grantlari sonini ko‘paytirishi mumkin
12:16 / 10.09.2024
Saida Mirziyoyeva Qatarga tashrif buyurdi
14:55 / 12.08.2024