Tojikiston o‘z aholisini favqulodda issiq harorat kutilayotganidan ogohlantirdi
Tojikistonda bugun va oldindagi uch kun davomida juda issiq harorat kuzatiladi. Sinoptiklarning ma'lumotlariga ko‘ra, havo harorati odatiy me'yordan yuqori bo‘ladi.
Xatlon viloyati vodiylarida havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi. So‘g‘d viloyati vodiylari va poytaxt Dushanbeda esa 42 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.
Bunday jaziramada qanday yo‘l tutish kerak va quyosh yoki issiqlik urishidan jabrlangan insonga qanday yordam ko‘rsatish mumkinligi quyidagi infografikada ko‘rsatib berilgan.
Gidrometeorologiya agentligi harorat oshishi munosabati bilan respublika daryolarida suv sathi ko‘tarilishidan ogohlantirdi.
Ba'zi tog‘li hududlarda esa sel oqimlari ehtimoli mavjud.
Mavzuga oid
22:34 / 11.09.2024
Tojikiston muftiysi hujumga uchradi
21:41 / 10.09.2024
Tojikiston o‘z fuqarolariga Rossiyaga safar qilmaslikni tavsiya etdi
20:00 / 02.09.2024
Imomali Rahmon bolalar va o‘qituvchilarni o‘zini kutib olish tadbirlariga chaqirishni taqiqladi
08:47 / 30.08.2024