Jahon | 18:15 / 20.06.2017
15984
1 daqiqa o‘qiladi

Qatar yamanlik diplomatlarga 2 kun muhlat berdi

Foto: © RIA Novosti

Qatar hukumati Dohadagi Yaman elchixonasi xodimlariga mamlakatdan chiqib ketish uchun 48 soat muhlat berdi. Bu haqda yamanlik diplomatlarga asoslangan holda RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.

"Qatar hukumati missiyani 2 kun ichida mamlakatni tark etish haqida ogohlantirdi", degan agentlik suhbatdoshi.

Hozircha ikki tomon ham bu borada rasmiy ma'lumot bermagan.

5 iyun kuni Saudiya Arabistoni, Misr, BAA va Bahrayn Qatarni terrorchilar bilan aloqadorlikda ayblab, bu mamlakat bilan diplomatik munosabatlarni to‘xtatgandi. Ko‘p vaqt o‘tmasdan ular qatoriga Liviya, Mavritaniya, Maldiv, Mavrikiy hamda Yaman ham qo‘shilgandi.

Dohadagilar ayblovlarni rad etib, javob choralari ko‘rilmasligini ma'lum qilishgan.

Mavzuga oid