Jamiyat | 16:39 / 25.06.2017
32807
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkent ko‘chalarining birida "Neksiya" avtomobili yonib ketdi
25 iyun kuni soat 09:00 atrofida Toshkent shahri Mirobod tumanidagi Nukus ko‘chasida ikki avtomobil - "Neksiya" va "Vaz-2106" ishtirokida YTH ro‘y berdi. To‘qnashuv natijasida "Neksiya" avtomobili yongan. Bu haqida Facebook'dagi "Voditeli Tashkenta" guruhida ma'lum qilindi.
Video yong‘in sodir etilgan joydan o‘tib ketayotgan mashinalarning ichidan olingan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in tezkorlik bilan bartaraf etilgan, mashina haydovchisi esa shifoxonaga yetkazilgan. Voqea natijasida "Neksiya" haydovchisi yengil tan jarohati olgan.
Mavzuga oid
12:20
“Tezligim 80 da edi” – 19 yoshli qizni urib yuborgan haydovchi qamoqqa olindi
22:30 / 27.09.2024
“Uy-joy bozori haliyam yovvoyi holatda” – ekspertlar bilan katta suhbat
19:10 / 27.09.2024
Toshkentda erkak shifokor muolaja paytida ayol mijozini o‘pib olgani uchun jazolandi
16:27 / 27.09.2024