Go‘zal tabassum formulasi aniqlandi
Minneapolisdagi Minnesota universiteti xodimlari oddiy tabassum qilgan insonga nisbatan "og‘iz-quloq" jilmaygan kishi boshqalarni o‘ziga ko‘proq jalb qilishi haqidagi "afsona"ni inkor qilishdi. «Ekonomika segodnya»da shu haqida maqola taqdim etildi.
O‘tkazilgan tadqiqot davomida 800 nafar ko‘ngilli tabassumli kishilar suratini ko‘zdan kechirdi va ularning samimiyligi hamda jozibadorligini baholdi.
Maxsus dastur yuzning barcha chizgilarini, shu jumladan og‘iz chetining shakli, ustki va pastki lab o‘rtasidagi masofa, ularning to‘g‘ri yoki qiyshiqroqligi va boshqa elementlarni ko‘rsatgan.
Ma'lum bo‘lishicha, tajriba ishtirokchilariga ko‘proq kamtar va "me'yoriy" tabassum sohiblari ma'qul kelgan.
Olimlarning fikricha, bu natijalar plastik jarrohlar va kosmetologlarning ishida yordam beradi.
Mavzuga oid
22:58 / 17.09.2024
Germaniyalik olimlar surunkali og‘riqni yengishga yordam beradigan yangi usulni aniqladi
15:29 / 17.09.2024
Odamlarda dorilarga chidamli bakteriyalardan o‘lim darajasi ortadi – tadqiqot
15:18 / 17.09.2024
Nima uchun hozirgina o‘ylagan narsamizni unutib qo‘yamiz?
23:21 / 16.09.2024