Ichkilik oqibati – mast ota o‘g‘lini o‘ldirdi
2017 yil 3 iyul kuni Bekobod tumanida muqaddam sudlangan, nafaqaxo‘r, A.B. Begimqulov mast holda bo‘la turib, shu manzilda yashovchi, vaqtincha ishsiz, 1995 yilda tug‘ilgan o‘g‘li Sh. B.ning uyga kech kelganligi sababli o‘zaro janjallashgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIBda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
Shovqin sababli A.B.ning qo‘shnisi X.U. ota-bolani ajratib A.B.ni uyiga olib chiqib ketgan. Soat tonggi 4:00larda A.B. o‘z uyiga qaytib kelib, xovlidagi supada uxlab yotgan o‘g‘li Sh.B.ni o‘ldirish maqsadida, dastasiz pichoq bilan o‘ng ko‘krak qafasiga bir marotaba sanchib tan jarohati yetkazgan. Sh.B. olgan tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Biroq, afsuski, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, Sh.B. hayotdan ko‘z yumgan.
Shu munosabat bilan, Bekobod tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan JKning 97-moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
14:30 / 28.09.2024
O‘zbekistonga 3 metrlik bo‘g‘ma ilonni olib kirmoqchi bo‘lgan bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi
14:06 / 26.09.2024
Yaponiyada sud 56 yil avvalgi qotillik uchun o‘limga hukm qilingan erkakni oqladi
09:23 / 26.09.2024
Turkiyada 8 yoshar qizaloqning o‘ldirilishi. Bu haqida nimalar ma’lum?
13:14 / 12.09.2024