Qualcomm Apple bilan mojaro fonida juda katta yo‘qotishlarga duch keldi
2017 yilning uchinchi choragida Qualcomm daromadi 40 foizga tushib ketdi va 865 mln dollarni tashkil etdi, deb yozmoqda «Vedomosti». Kompaniyaning daromadi Apple bilan patent mojarosi fonida 11 foizga kamayib, 5,37 mlrd dollarga teng bo‘ldi.
Qualcomm Xitoy bozoridagi talabning ortishi hisobidan chiplarni sotishdan tushgan daromadlarini 58 foizga oshirib, 4 mlrd dollarga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, Qualcomm patentlaridan foydalanish uchun boshqa kompaniyalardan mablag‘ oluvchi bo‘linmalar daromadi 42 foizga tushib ketib, 1,17 mlrd dollarga teng bo‘ldi.
Kompaniyadan ta'kidlashlaricha, daromadlarning qisqarishiga sheriklardan birining lisenzion to‘lovlarni ushlab turgani ta'sir ko‘rsatgan. Qualcomm bu buyurtmachining nomini oshkor etmagan.
Apple va Qualcomm 2017 yilning yanvaridan beri sud jarayonida ishtirok etmoqda. iPhone ishlab chiqaruvchisi Qualcomm’ni oshirilgan lisenzion to‘lovlarda aybladi. Qualcomm esa Apple va unga yetkazib beruvchilarni shartnomada belgilangan mablag‘larni to‘lamaslikda aybladi.
Mavzuga oid
16:54
Apple iPhone narxidagi kitobini chiqardi
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:56 / 08.11.2024
iPhoneʼning yangi funksiyasi politsiyachilarning zarariga ishlamoqda - OAV
22:30 / 02.11.2024