O‘zbekiston | 10:15 / 21.07.2017
111466
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda shakar narxi oshdi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tartibga solinuvchi davlat narxlari ro‘yxatini e'lon qildi. Unda qayd etilishicha, ro‘yxatdagi narxlar 2017 yil 3 aprel holatiga ko‘radir. Shunday qilib, hujjatda 2017 yil 1 iyulidan e'tiboran shakar xom ashyosining bir tonnasi 4 mln 114 ming 200 so‘m etib belgilangan. 

Ayni vaqtda O‘zbekistonda 8 turdagi mahsulot narxi davlat tomonidan boshqariladi. Bularga etil va texnik spirt, shakar, paxta xom ashyosi va tolasi, paxta moyi, don, bug‘doy uni va bug‘doy noni kiradi. 

Ro‘yxatda qayd etilishicha, 2016 yil 31 dekabridan e'tibor ming dekalitr etil spirti narxi 58 mln 706 ming 400 so‘mdan 61 mln 977 ming 252 so‘mgacha etib belgilangan.  

Paxta xom ashyosining bir tonnasi 2016 yil 17 sentabrdan 1 mln 218 ming 400 so‘mligi ma'lum bo‘ladi. Paxta tolasining bir tonnasi 4 mln 114 ming 300 so‘mdan boshlangan. Davlat tomonidan belgilangan va 2017 yil 1 yanvaridan kuchga kirgan narxlovga binoan, 1 tonna birinchi sortdagi hidsizlantirilgan salat moyi 3 mln 742 ming 592 so‘m etib belgilangan. 

Bir tonna paxta kunjarasi bugungi kunda 919 ming 004 so‘mdir. Sheluxaning bir tonnasi – 483,8 ming so‘m. 

 

Mavzuga oid