Chiroyli avtoraqamlarning taxminiy narxi ma'lum, lekin bu yakuniy baho emas
O‘zbekistonda ham xorij tajribasining joriy etilishi — avtotransport vositalarining davlat qayd etish raqamlarining maxsus, chiroyli sonlardan iborat to‘plami alohida narxlarda sotilishi haqidagi gap-so‘zlar internetda bir necha oydan beri urchigan edi.
Respublika IIV YHXBB boshlig‘i, polkovnik Xolmatjon Saydaliyev ham jurnalistlar bilan brifingda tez orada ushbu masalaga oydinlik kirituvchi hujjatlar ishlab chiqilishi haqida gapirib o‘tgandi.
So‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 iyuldagi «Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari haqida»gi №PQ-3127-sonli qarori e'lon qilindi va uning 12-bandiga ko‘ra, 2017 yilning 1 sentabridan avtotransport vositalarining qayd etish davlat raqamlaridagi son va harflarini talab etilgan kombinatsiyaga ko‘ra to‘lovlarning yuqoriroq stavkasi bo‘yicha tanlab olish, jumladan, ularni kimoshdi savdosi (auksion) orqali xarid qilish tartibi o‘rnatiladi.
«Kun.uz»ning respublika IIV YHXBBdagi manbasi bergan ma'lumotga ko‘ra, Prezident qaroridan so‘ng Vazirlar Mahkamasining bu boradagi qarori loyihasi ishlab chiqilgan, loyiha ayni damda moliya vazirligida turibdi, agar moliya vazirligi chiroyli raqamlar uchun ko‘rsatib o‘tilgan boshlang‘ich to‘lovlarni ma'qullasa, qaror loyihasi 1 avgustga qadar Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlanish uchun kelib tushadi.
Dastlabki loyihalarda belgilangan va internet tarmog‘ida tarqalgan narxlarga, albatta, biroz o‘zgartirishlar ham kiritilishi mumkin, biroq Prezidentning №PQ-3127-sonli qaroriga ko‘ra, 1 sentabrdan boshlab taxminan shu yo‘nalish va tartibda fuqarolar uchun o‘z avtotransport vositalariga chiroyli raqamlar tanlab olish imkoniyati taqdim etiladi.
Mavzuga oid
12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
17:58 / 01.09.2023
Santa Fe’dan Traverse’gacha - dunyo avtomobil bozorida taqdim etilgan so‘nggi krossoverlar
19:24 / 15.08.2023
Import avtomobillarning faqat rasmiy dilerlar tomonidan sotilishi talabi bekor qilindi
21:38 / 10.08.2023