Pokistondagi portlash qurbonlari soni ortmoqda
Pokistonning Panjob viloyatidagi Lahor shahrida yuz bergan portlash oqibatida kamida 26 kishi halok bo‘lgan, yana 58 kishi jarohatlangan. Bu haqda hukumatdagi manba xabar berdi.
Bundan avvalgi xabarlarda qurbonlar soni 22 kishi ekani, 37 kishi jarohatlangani ma'lum qilingandi.
Portlash Arfa Karim nomidagi texnopark yonidagi Feruzpur Roud ko‘chasida joylashgan sabzavot bozoriga kiraverishda yuz bergan.
Jarohatlanganlarning ko‘pchiligi og‘ir ahvolda qolmoqda, qurbonlar soni ortishi mumkin.
Politsiya vakillarining telekanalga ma'lum qilishicha, portlashni xudkush terrorchi uyushtirgan. Uning maqsadi huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarini yo‘q qilish bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, kamida 8 politsiyachi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
10:10 / 02.11.2024
«Krokus»dagi terakt: ishda to‘rt nafar yangi ayblanuvchi paydo bo‘ldi
22:10 / 25.10.2024
Turkiya poytaxtida terakt uyushtirganlarning shaxsi aniqlandi
01:02 / 24.10.2024