Kun.uz’da yoritilgan Surxondaryodagi yo‘l ta'mirlanmoqda
Saytimizda 20 iyul kuni Surxondaryodagi chorak asrdan buyon ta'mirtalab yo‘l haqida fotoreportaj e'lon qilingan va viloyatning Boysun hamda Oltinsoy tumanlari chegarasidagi nosoz yo‘l haqida so‘z borgan edi.
O‘quvchilarimiz tomonidan bizga yetkazilgan ma'lumotlar va fotosuratlarga ko‘ra, yo‘lning fotoreportajda tilga olib o‘tilgan uchastkasida ta'mirlash ishlari boshlab yuborilgan. Yo‘lning o‘ra hosil bo‘lgan qismlari asfaltlangan. Asfaltning issiq va og‘ir yuk ta'sirida burishishi natijasida hosil bo‘lgan egri-bugriliklar qirib, yo‘l chetiga yig‘ilgan va yangidan asfalt yotqizishga tayyorlab qo‘yilibdi.
Ayniqsa, Tangimush aholi punkti yaqinidagi juda abgor holatdagi ko‘prik ta'mirlab qo‘yilgan.
Ko‘prikning oldingi holati mana shunday edi:
Ko‘prikning hozirgi holati:
Bundan tashqari yo‘lning sel yo‘li bilan kesishuvchi qismida zamonaviy ko‘prik barpo etilayotgani, qurilish texnikalari ishlayotgani avvalgi reportajimizda ham aytib o‘tilgan edi. Ayni paytda bu yerda mustahkam, sel oqimlariga chidamli ko‘prik barpo etish ishlari davom ettirilayotganiga ham guvoh bo‘lishingiz mumkin.
Mavzuga oid
13:36 / 06.11.2024
Surxondaryoda Cobalt'ning gaz quvuriga urilishi oqibatida avariya holati sodir bo‘ldi
20:01 / 01.11.2024
O‘zbekiston Qahramoni Ahmad Narzullayev vafot etdi
10:02 / 19.10.2024
Surxondaryoda aholiga tarqatilishi kerak bo‘lgan 1 400 tonna ko‘mir talon-toroj qilindi
07:40 / 18.10.2024