Jahon | 18:40 / 18.08.2017
7155
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an GFRdagi turkiyaliklarni Merkel va Shultsga ovoz bermaslikka chaqirdi

Foto: AA

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Germaniyada yashab kelayotgan turkiyaliklarni mamlakatning amaldagi kansleri, XDI/XII (Xristian demokratik ittifoq/Xristian ijtimoiy ittifoq) partiyalar alyansi rahbari Angela Merkel va IDP (Ijtimoiy-demokratik partiya) yetakchisi Martin Shultsga ovoz bermaslikka chaqirdi. Bu haqida Hurriyet Daily News xabar berdi. 

"Bugungi kunda Germaniyada "Agar Turkiyani tanqid qilsak, ko‘p ovoz olishimiz mumkin" deyishmoqda. Men Germaniyadagi barcha fuqarolarimni hech qachon bu partiyalarni qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqiraman. XDI, GIDP (Germaniya ijtimoiy-demokratik partiyasi) yoki "Yashillar"ni qo‘llab-quvvatlamang. Ularning bari - Turkiyaning dushmanlari, - dedi Erdo‘g‘an Istanbulda jurnalistlarga murojaat qilar ekan. 

U GFRdagi turklarni Turkiyaga nisbatan yovlarcha munosabatda bo‘lmagan partiyalarga ovoz berishga chaqirdi. 

Bundestag saylovlari 24 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Infratest Dimap institutining ARD telekanali va Welt gazetasi buyurtmasiga binoan o‘tkazilgan so‘nggi so‘rovnoma ma'lumotlariga ko‘ra, hozircha XDI/XSI partiya alyansi ustunlikka ega bo‘lmoqda, so‘roq qilinganlarning 39 foizi shu partiya uchun ovoz berishga tayyor. Sotsial-demokratlar 24 foiz ovozni qo‘lga kiritishgan. Erkin demokratlar, "Yashillar" va "Germaniya muqobili" - 8 foizdan, "So‘llar" - 9 foiz ovoz to‘plashdi. 

Mavzuga oid