O‘zbekiston | 13:30 / 21.08.2017
62944
1 daqiqa o‘qiladi
Samarqand shahri hokimi o‘zgardi: Rahimov o‘rniga boshqa Rahimov
Bugun Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan.
Shu kungacha Samarqand shahri hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Vohid Sanaqulovich Rahimov Samarqand shahri hokimi lavozimidan ozod qilingan.
Bulung‘ur tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Furqat Jalolovich Rahimov Samarqand shahri hokimi lavozimiga tayinlandi.
KUN.UZ aniqlagan ma'lumotlarga ko‘ra, endilikda Samarqand shahrining sobiq hokimi V.S.Rahimov Paxtachi tumani hokimi lavozimiga o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, Vohid Rahimov shu yil fevralida shahar hokimi etib tayinlangan, u bu lavozimda Akbar Shukurovni almashtirgandi.
O‘z muxbirimiz
Mavzuga oid
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024