Fan-texnika | 11:14 / 01.09.2017
9993
2 daqiqa o‘qiladi

IFA 2017: Panasonic shaffof OLED-televizor’ni taqdim etdi

Foto: iguides.ru

Panasonic Berlindagi IFA 2017’da butunlay shaffof OLED-ekranni namoyish etdi. Funktsional qurilma prototipi televizorlar bir necha yildan so‘ng qanday ko‘rinishda bo‘lishini anglatmoqda.

Pultdagi bir tugmachani bosish bilan xonada joylashgan shkafdagi oynali vitrina 4K kenglikka ega OLED TV’ga aylanadi – Panasonic stendidagi nusxa zamonaviy “shaffof ekran” texnologiyasi qanday imkoniyatlarni taklif etishini ko‘rsatib berdi. Shu bilan birga, Panasonic texnologiyani ko‘plab kishilar yig‘iladigan joylarda qo‘llash bo‘yicha rejalarga ham ega.

«Avvalgi IFA’da biz intellektual «shaffof ekran»ning boshlang‘ich nusxasini ko‘rsatgandik, - deydi Panasonic PR-xizmatining Germaniyadagi rahbari. – Yangi prototip 4K kenglik va OLED texnologiyasiga ega». Hozirga qadar bozorga shaffof OLED-televizorning qachon chiqishi haqida ma'lumot yo‘q, model Panasonic texnologiya ustida qanday jadallik bilan ish olib borayotganini ko‘rsatmoqda. Bugun u shunday ko‘rinishda:

Texnologiyadan foydalanishning boshqa ssenariylari orasida interaktiv reklama usullari ham bor – vitrinalar yoki do‘konlardagi shishali eshiklar. 

Mavzuga oid