OAV: Yaqinlashib kelayotgan saylovlarda Putinga ayol kishi raqib bo‘lishi mumkin
Vladimir Putinning 2018 yilgi prezidentlik saylovlaridagi raqibiga ayol kishi aylanishi mumkin, deb xabar bermoqda «Interfaks» bosma OAVga asosan.
Prezident ma'muriyatiga yaqin bo‘lgan manba ma'lumotiga ko‘ra, bu rolga jurnalist Kseniya Sobchak da'vogarlik qilishi mumkin.
Ehtimoliy nomzodlar orasida «Adolatli Rossiya» partiyasidan uch ayol siyosatchi nomi tilga olingan: Rossiya ayollari Sotsial-demokratik ittifoqi raisi Natalya Velikaya, Milliy ota-onalar qo‘mitasi yetakchisi Irina Volinets va partiya markaziy kengashi a'zosi Irina Petelyayeva.
Ta'kidlanishicha, Rossiyada ayol kishi atigi ikki bor prezidentlikka nomzod bo‘lgan: 2000 yilda mamlakat markaziy saylov qo‘mitasining hozirgi raisi Ella Pamfilova («Fuqarolar qadr-qimmati») 1,01 foiz ovozlarni olgan bo‘lsa, 2004 yilda Irina Xakamada (O‘ng kuchlar ittifoqi) saylovchilarning 3,84 foizi qo‘llab-quvvatloviga erishgan.
Avvalroq Kreml «Putinning yangi arzandasi» haqidagi xabarlarga izoh bergandi.
Mavzuga oid
22:10 / 28.09.2024
Ukraina razvedkasi Moskva viloyatida Rossiya armiyasi polkovnigi o‘ldirilganini ma’lum qildi
20:45 / 28.09.2024
Rossiyada maktab direktori ota-onalarga migrantlar tufayli o‘zbek tilini o‘rganishni taklif qildi
20:30 / 28.09.2024
«Azimut» aviakompaniyasi Rossiyadan O‘zbekistonga reys ochishni rejalashtirmoqda
18:54 / 28.09.2024