Dollarning rasmiy kursi pasaydi, yevro kursi oshdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 12 sentabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollar kursi bir hafta ilgari, 5 sentabr kuni o‘rnatilgan kursga nisbatan qariyb 8 so‘mga pastlagan va 8092.13 so‘mga teng bo‘lgan (-7.87).
Bir yevro esa 73.17 so‘mga qimmatlab, 9718.65 so‘mga yetgan.
1 AQSh dollari 8092,13
1 YeVRO 9718,65
1 Rossiya rubli 141, 21
1 Angliya funt sterlingi 10661,38
1 Yaponiya iyenasi 74,65
10 Janubiy Koreya voni 7,15
1 Quvayt dinori 26897,56
1 Malayziya ringgiti 1927,62
1 Kanada dollari 6663,48
1 Xitoy yuani 1244,20
1 Singapur dollari 6026,76
1 Shveytsariya franki 8522,52
1 BAA dirhami 2203,26
1 Misr funti 459,78
1 Avstraliya dollari 6511,74
1 Turkiya lirasi 2373,69
1 SDR 11525,62
1 Ukraina grivnasi 310,64
1 Polsha zlotiysi 2291,54
Eslatib o‘tamiz, 5 sentabrdan e'tiboran O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 8100 so‘mga teng qilib belgilangandi. O‘shanda dollar kursi 29 avgustda belgilangan avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 3889 so‘m 65 tiyinga oshgandi.
Markaziy bank kursi, avvalgidek, hafta davomida valyuta birjasi savdolari chog‘ida qayd etilgan kurslarning o‘rtacha miqdori sifatida har dushanba kuni belgilanadi va O‘zbekiston hududida valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun qo‘llaniladi.
Mavzuga oid
11:56 / 11.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti Markaziy banklari kengashi tashkil etiladi
18:34 / 08.11.2024
Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
23:10 / 07.11.2024
O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshdi
21:39 / 01.11.2024