Jamiyat | 14:51 / 11.09.2017
7762
1 daqiqa o‘qiladi

Firibgar nazoratchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Quyichirchiq tumanida yashovchi, muqaddam “Quyichirchiqtumangaz” filiali nazoratchisi lavozimida ishlagan, 1976 yilda tug‘ilgan N.E. firibgarlik yo‘li bilan, Quyichirchiq tumanida yashovchi bir guruh shaxslarni ishonchini suiste'mol qilib, «tabiiy gazdan bo‘lgan qarzingizni o‘zim to‘lab beraman» – deb aldab, ulardan olgan pullarini o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.

Jumladan, Sh.X.ning 1.500.000 so‘m , Z.O.ning 700.000 so‘m , K.G.ning 695.000 so‘m, N.E.ning 960.000 so‘m va X.X.ning 800.000 so‘m va 100 AQSh dollar pullarini olib, shu kunga qadar qaytarib bermagan. 

Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormokda.

Mavzuga oid