Eng so‘nggi LaFerrari 10 mln dollarga sotildi
Eng so‘nggi, 210-Ferrari LaFerrari Aperta tomi ochiq sportkari 8,3 million yevroga (10 mln dollarga yaqin) sotildi. Avtomobil RM Sotheby’s kim oshdi savdo uyi tomonidan tashkil etilib, ishlab chiqaruvchining 70 yilligiga bag‘ishlangan Leggenda e Passione tadbiri doirasida sotildi. Savdodan tushgan mablag‘ xayriya maqsadida Save the Children tashkilotiga taqdim etiladi.
So‘nggi LaFerrari Aperta och qizil tusga bo‘yalgan. Ikkita poyga chizig‘i ham bor. Saloniga alkantara bilan ishlov berilgan. Bundan tashqari uglerod tolasidan yasalgan qoplamalar bilan jilolangan. Shuningdek, avtomobil eshigi ochilganida Save the Children tashkiloti timsolini ko‘rish mumkin.
LaFerrari sportkariga 6,3 l V12 dvigateli va elektromotor o‘rnatilgan. Uning umumiy quvvati — 963 ot kuchiga teng. Aperta tezligini 3 soniyada joyidan «yuz»ga chiqaradi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 350 kmni tashkil etadi.
Mavzuga oid
11:38 / 13.11.2024
Toshkentda pulli "parkovka"lar tashkil etish uchun auksion o‘tkaziladi
18:43 / 16.08.2024
Toshkentda AQSh elchixonasi eski xizmat avtomobillari auksioni qoldirildi
11:29 / 14.08.2024
Toshkentda 230 ta qoidabuzarlik qilgan ayol haydovchining Lacetti’si xatlanib, auksionda sotib yuborildi
13:25 / 21.05.2024