Fan-texnika | 22:03 / 13.09.2017
16076
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng tez giperkar Frankfurtda namoyish etildi

Foto: Carmagazine.co.uk, Aspark

Yaponiyaning Aspark kompaniyasi Germaniyaning Frankfurt shahrida bo‘lib o‘tayotgan avtosalonda Owl nomli elektr giperkarni taqdim etdi. U dunyodagi eng tez avtomobil bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Autonews.ru. 

Aspark muhandislari so‘nggi uch yilni ushbu elektrokar ustida ishlash bilan o‘tkazishdi.  Quvurli karkas avtomobil asosi bo‘lib xizmat qiladi. Kuzov kompozit materiallardan yasalgan panellar bilan qoplangan. Bundan tashqari, magniydan yasalgan juda yengil disklarga ega bo‘lgan. Uning balandligi bir metrdan baand emas. 

Elektr motor 1000 ot kuchidan ortiq quvvat bilan ta'minlay oladi. Tortish kuchi barcha g‘ildirakka barobar taqsimlanadi. Aspark Owl joyidan 100 km/soat tezlikka 2 soniyadan ham kamroq vaqt ichida erisha oladi. Biroq, hozircha, uning eng yuqori tezligi ma'lum qilingani yo‘q. 

Elektr giperkarni ishlab chiqish muddati va boshqa tafsilotlariga yaqin orada oydinlik kiritiladi. Yaponlar, dastlab, trek avtomobil ishlab chiqaradi. 

Foto: Carmagazine.co.uk, Aspark  
Foto: Carmagazine.co.uk, Aspark  
Foto: Carmagazine.co.uk, Aspark  
Foto: Carmagazine.co.uk, Aspark  
Foto: Carmagazine.co.uk, Aspark  
Foto: Carmagazine.co.uk, Aspark  
Foto: Carmagazine.co.uk, Aspark  

 

Mavzuga oid