Qirg‘iziston prezidenti Toshkentga tashrifni qachon amalga oshirishi ma'lum qilindi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev 5-6 oktabr kunlarida Toshkentga tashrifni amalga oshirishni rejalashtirgan. Bu ma'lumotni «24.kg» agentligi davlat rahbari apparatidagi manbaga asoslangan holda tarqatgan.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston rahbari O‘zbekistonga javob tashrifini amalga oshiradi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan haftada Bishkekka tashrifi vaqtida qo‘shni davlat rahbarini Toshkentga taklif qilgandi. Shavkat Mirziyoyev Atamboyevga Bishkekka safari yakunlari bo‘yicha minnatdorchilik maktubi yo‘llagan.
O‘zbekiston rahbari hukumatga yaqin kunlar ichida erishilgan kelishuvlarning to‘liq amalga oshirilishini ta'minlash hamda muzoraka va uchrashuvlar natijasi bo‘yicha imzolangan bitimlar asosida yo‘l xaritasini ishlab chiqish topshirig‘ini bergan.
«Sizning O‘zbekistonga ikki davlatning ko‘plab sohalardagi hamkorligini chuqurlashtirish yo‘lidagi muloqotni davom ettirish uchun javob tashrifi amalga oshirishingizni sabrsizlik bilan kutamiz», — deyilgan maktubda.
Almazbek Atamboyevning Toshkentga tashrifi doirasida biznes-forum va ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
16:51 / 08.11.2023
O‘zbekiston mahsulotlari uchun yangi bozorlarni ochish imkoniyati – IHT doirasidagi biznes-forumdan reportaj
12:50 / 21.10.2023
O‘zbekiston, Rossiya va Tatariston ishbilarmonlar biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
07:47 / 18.09.2023
Vashingtonda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Amerika biznes-forumi yakunlari bo‘yicha 12 ta hujjat imzolandi
11:41 / 07.09.2023