Mahalla manfaatlari ko‘zlangan da'volar davlat bojidan ozod etildi
14.09.2017 yildagi O‘RQ-446-son Qonun bilan Soliq kodeksining 329 va 330-moddalariga qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Tuzatishlarga ko‘ra Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi hamda tegishli hududiy kengashlar umumiy yurisdiksiya sudlari va iqtisodiy sudlarga davlat boji to‘lashdan ozod etiladi.
Mazkur imtiyoz fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari manfaatlari ko‘zlangan da'volarga nisbatan tatbiq etiladi va davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat berilganda amal qiladi.
Mavzuga oid
18:10 / 19.10.2024
Yolg‘iz keksalarga va nogironlarga shahar jamoat transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi
08:50 / 21.09.2024
«Ochiq budjet» portalida «Mahalla budjeti» bo‘limi ishga tushdi
19:47 / 25.06.2024
Hovli uylardan iborat mahallalarda servis kompaniyalari tashkil etiladi
08:59 / 27.05.2024