Jamiyat | 09:10 / 16.09.2017
48646
1 daqiqa o‘qiladi

«Dollaringizni ko‘paytirib, plastigingizni naqdlashtirib beraman»

Foto: Kun.uz

Chinozlik Ahmadboyning kirdikorlari fosh etilgani barchaga ma'lum. O‘tgan yili ancha shov-shuvga sabab bo‘lgan va hozirda sudi bo‘layotgan Ahmad Tursunboyevning izdoshlari Olmaliq shahrida ham topildi. Bu haqda KUN.UZ’ga Olmaliq shahar IIB TI va ATB xabar berdi.

Fuqaro M.Q. endigina 24 yoshga kirganiga qaramay, ko‘pchilikni chuv tushirishga ulgurdi. Fuqaro N.B.ning ishonchiga kirgan firibgar 4 000 AQSh dollarini 7900 AQSh dollariga aylantirib berishni va'da qilib, aldab ketdi. Yana bir fuqaro Z.A. plastik kartochkasidagi 9 000 000 so‘m mablag‘ini naqdlashtirilishiga va  1200 AQSh dollarini 2500ga aylanishiga ishonib, firibgarning tuzog‘iga tushdi.

Hozirda yuqoridagi barcha holatlar bo‘yicha Jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid