Sport | 20:26 / 18.09.2017
20092
3 daqiqa o‘qiladi

«PSJ»da bo‘linish: Dani Alves va Neymar Kavanini xafa qilishdi

Yakshanba kuni parijliklarning «Lion»ga qarshi o‘yinida jamoa hujumchilari gol urish o‘rniga bir-biri bilan ziddiyat boshladi. «PSJ» bu o‘yinda raqib futbolchilari tomonidan urilgan ikki avtogol evaziga g‘alabaga erishdi.

Lekin OAV va muxlislar natija qolib, jamoaning urugvaylik hujumchisi Edinson Kavani va braziliyalik futbolchilari Neymar hamda Dani Alves ishtirokidagi epizodlarni muhokama qilishga kirishdi. 

Vaziyatlardan birida, hali hisob ochilmagan vaqtda mehmonlar darvozasi tomoni jarima zarbasi belgilandi. Bu zarbani Edinson Kavani ijro etishni istagandi, ammo Dani Alves kelib, to‘pni undan tortib oldi. U keyinroq to‘pni o‘zi jarima zarbasini tepish niyatida olganini aytdi.

Lekin bu videoda u to‘pni Kavanidan yashirib, shu zahoti Neymarga uzatganini ko‘rish mumkin. 

Neymar esa bu imkoniyatdan foydalana olmadi.

79-daqiqaga kelib, hisob 1:0 ko‘rinishiga kelganida, «PSJ» penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Kavani yana jarima zarbasini ijro etishga chog‘landi, Neymar uning yoniga kelib to‘pni berishni so‘radi, ammo urugvaylik futbolchi bu safar bo‘sh kelmadi, qolaversa, bu safar Neymarning yonida Alves yo‘q edi. 

U ham gol ura olmadi!

«PSJ» baribir bu o‘yinda g‘alabaga erishdi,«Lion» himoyachilari yordami bilan – 2:0.

Ammo o‘yindan keyin kiyim almashtirish xonasida jiddiy tortishuv bo‘lib o‘tgan, Kavani stadion hududini jurnalistlardan yashirinib, yashirin eshik orqali tark etgan. Neymar esa instagramda urugvaylik jamoadoshini kuzatib borishni to‘xtatgan.

«PSJ»da yakkahokimlik uchun kurash davom etadigan ko‘rinadi. Jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri hozircha bu vaziyatga aralashishni istamayapti, u futbolchilar bu masalani o‘zlari hal qilib olish kerakligini aytgan.

Foto: Global Look Press/Panoramic/ZUMAPRESS.com

Mavzuga oid