Fan-texnika | 22:45 / 18.09.2017
5917
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ICTWEEK 2017 haftaligiga start berildi

Foto: ICTWeek

18-22 sentabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan ICTWEEK 2017 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga start berildi. Bu haqda 18 sentabr kuni  ICTWEEK 2017  haftaligi munosabati bilan tashkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

2004 yildan boshlab o‘tkazib kelinayotgan ICTWEEK Uzbekistan Haftaligi doirasida axborot texnologiyalariga oid sammit hamda forum, 3 kunlik ko‘rgazma, shuningdek, ixtisoslashgan tadbirlar, taqdimotlar, aksiyalar va muhokamalar soha islohotlarini sarhisob qilish, xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirokida natijalarni tahlil qilish va istiqboldagi vazifalarni belgilab olish, aholini soha yangiliklari bilan tanishtirishda yirik voqea hisoblanadi.

Foto: ICTWeek 

20-21 sentabr kunlari ixtisoslashgan mavzularga, mahorat darslari hamda guruhli muhokamalarga mo‘ljallangan ICT Forum – 2017  "O‘zekspomarkaz" MKM ning anjumanlar-zalida, quyidagi mavzularda tashkil qilinadi:

1-kun: “Egovernment Uzbekistan” – O‘zbekistonda "elektron hukumat" rivoji (9.30 – 13.30), “Moliya sohasida raqamlashtirish” (14.00 – 18.00); 
2-kun: “Axborot texnologiyalari infratuzilmasi” (9.30 – 13.30) hamda “Axborot xavfsizligi” (14.00 – 18.00) mavzulari muhokama qilinadi. 
 
Shuningdek, 19-21 sentabr kunlari ICTEXPO 2017 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda 70 ziyod kompaniyalarning stendlari namoyish qilinadi. 

Foto: ICTWeek 

Ko‘rgazmaning bu yilgi formati noan'anaviy, innovatsion bo‘lishi kutilmoqda.  Ko‘rgazma pavilonlari orasida madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar tashkil qilinadi. Jumladan, Cyber Games, startap loyihalar taqdimotlari, “RoboKidz” – robotlar namoyishi, demozona – yangi loyihalar namoyish etiladigan hudud, 3D-zallar, shu bilan birga, interaktiv o‘yinlar uchun bo‘limlar mavjud bo‘ladi.

Mavzuga oid