Toyota ikkita rulli haydovchisiz avtomobil yaratdi
Toyota mutaxassislari eng yangi lidarlar bilan jihozlangan, ikkita rulli haydovchisiz avtomobilni sinovdan o‘tkazmoqda. Yo‘lovchi o‘rindig‘i ro‘parasida joylashgan ikkinchi rul zarurat bo‘lganda haydovchiga boshqaruvni o‘ziga olishga imkon beradi, deb xabar bermoqda Engadget.
Shu tariqa kompaniya AQShning ba'zi shtatlari talab qiladigandek, avtonom transport vositalarini ommaviy namoyish qilish vaqtida ularni nazorat qilish muammosini hal qilmoqchi.
Bunda avtopilot tizimi ikki guruh – haydovchi va yordamchiga bo‘lingan. Birinchi guruh o‘zidan avtomobilni avtonom boshqarishni aks ettiradi. Real haydovchini ko‘zda tutuvchi yordamchi guruh qo‘llanganda avtopilot transport vositasining harakatini to‘g‘rilab turadi.
Mavzuga oid
15:53 / 01.03.2024
Bir yilda 10 million avtomobil sotib rekord o‘rnatgan kompaniya – Toyota muzeyiga sayohat
21:25 / 25.02.2024
Bolalik orzusidan jahon sahnasigacha. Toyota tarixi haqida
12:00 / 13.08.2023
Toshkentda Toyota Tashkent City dilerlik markazi ochildi
07:35 / 27.07.2023