Jahon | 11:40 / 02.10.2017
13277
1 daqiqa o‘qiladi

Las-Vegasda otishma, o‘nlab kishi jarohatlangan

© AP Photo / John Locher

Amerikaning Las-Vegas shahridagi kazinoda otishma chiqishi oqibatida kamida 20 kishi jarohatlandi. Bu haqda politsiya ma'lumotiga asoslangan holda Hollywood Reporter xabar tarqatdi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, jinoyatchi Mandalay Bay Hotel mehmonxonasi balkonida turib o‘t ochgan. U shu hududda o‘tkazilayotgan festival ishtirokchilarini nishonga olgan.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, shaharning boshqa qismida ham shu vaqtda otishma ro‘y bergan. O‘q uzgan shaxs voqea joyidan qochib ketgan.

Politsiya atrofdagi yo‘llarni yopgan.

Mavzuga oid