AQSh armiyasi dronlarni lazer yordamida urib tushirmoqchi
AQSh mudofaa vazirligiga jangovar tizimlar yetkazib beruvchi Raytheon kompaniyasi jangovar lazer bilan jihozlangan tezyurar yo‘ltanlamasni taqdim qildi. Bu tizim yordamida terrorchilar amerikalik harbiylarga borgan sari keng qo‘llayotgan razvedkachi va portlovchi moddalar bilan qurollangan dronlarni urib tushirish mo‘ljallanmoqda.
Bunday nishonlarga qarshi qimmat turuvchi kinetik o‘q-dorilarini qo‘llash moliyaviy jihatdan o‘zini oqlamaydi: narxi bir necha ming dollarlik dronlarga qarshi millionlab dollar turuvchi raketalarni qo‘llash ancha ziyon keltiradi.
Jangovar lazerni qo‘llash esa ancha arzon turadi va undan cheksiz marta otish mumkin.
Yangi tizim yaratuvchilari kuchli lazerni Raytheon’ning ilg‘or nishonga olish tizimi bilan birlashtirib, uni Polaris MRZR harbiy mashinasiga o‘rnatishdi.
Mavzuga oid
10:47
Rossiya 145 ta dron bilan Ukrainaning yirik shaharlariga hujum qildi
10:58 / 07.11.2024
Xitoyda 158 km magistral yo‘l dronlar yordamida qurildi
17:36 / 04.11.2024
Britaniyalik olimlar “asab tizimi”ga ega dronlarni sinovdan o‘tkazmoqda
12:50 / 18.10.2024