O‘zbekiston | 19:30 / 24.10.2017
10088
11 daqiqa o‘qiladi

YUNISEF vakolatxonasi rahbari: Yoshlarning ijobiy rivojlanishi O‘zbekiston uchun juda muhim

Foto: YUNISEF

Ma'lumki, 24 oktabr kuni BMT kuni nishonlanadi. Shu munosabat bilan YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann bir qator dolzarb savollarga javob qaytardi.

Yaqinda YUNISEF vakillari voyaga yetmaganlar uchun koloniya va ahloq tuzatish muassasalariga tashrif buyurishdi. Mazkur tashrifdan maqsad nima edi? YUNISEF yopiq muassasalardagi bolalarning huquqlari amalga oshishiga qanday yordam beradi?
YUNISEFga O‘zbekistondagi balog‘atga yetmagan bolalar axloq tuzatish muassasalariga birinchi bor kirish imkoni berildi. YUNISEF bu muassasalarga kirish imkoni ozodlikdan mahrum qilingan bolalar huquqlarini yanada yaxshiroq himoya qilishdagi birinchi qadam bo‘ladi deb umid qilmoqda. YUNISEF ushbu dolzarb masala bo‘yicha hukumat bilan hamkorlikni davom yettirishga tayyordir. YUNISEFning tashrifi balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov tizimini yanada mustahkamlash va bolalar huquqlarini yanada yaxshi himoya qilish edi. Bunga mamlakatning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitaning tegishli tavsiyalariga muvofiqligini ta'minlash kiradi.

Ushbu muhim sohada hukumat bilan ishlashni davom ettirishga tayyormiz. Qonun bilan ziddiyatda bo‘lgan bolalarga nisbatan yondashuvni isloh qilish YUNISEFning butun dunyodagi hukumatlarga ko‘rsatayotgan yordamining tamal toshidir.

Bosh prokuratura, Xalq ta'limi vazirligi va Ichki ishlar vazirligiga ana shu tashrifni uyushtirganlari uchun minnatdorchilik izhor etamiz.

Prezident mamlakat ravnaqida yoshlar ishtiroki alohida ahamiyat kasb etishini ta'kidladi. YUNISEF bu borada Hukumat sa'y-harakatlarini qanday qo‘llab-quvatlashi mumkin?

Aholisining 60 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar ekan, yoshlarning ijobiy rivojlanishi O‘zbekiston uchun juda muhimdir.  Hozirda bolalar va yoshlarga investitsiya qilish nafaqat ularning tarixda hali bo‘lmagan mehnat bozorini tashkil qilish, balki ular mamlakatnini rivojlanishning keyingi bosqichiga olib chiqishlarini ta'minlaydi. Darhaqiqat, bolalar va yoshlarning huquqlarini amalga oshirish O‘zbekistonning to‘liq salohiyatini ro‘yobga chiqarish demakdir. Bu ishda Yoshlar ittifoqi muhim rol o‘ynaydi.

Biz Yoshlar ittifoqi bilan ijobiy dialogni boshladik. YUNISEF Hukumatga uning rejalarini amalga oshirish uchun yordam bera oladigan bir necha sohalarni belgilab oldik.

Prezident ta'kidlaganidek, yoshlarning mustahkam poydevori bolalik davrida quriladi. YUNISEF bolalar huquqlarini amalga oshirishda Hukumatni faol qo‘llab quvvatlaydi.  YUNISEF hayotning ikkinchi o‘n yilligi, yoshlikning birinchi bosqichi bo‘lgan o‘smirlikka ko‘proq e'tibor bermoqda.

Biz O‘zbekistondagi bolalarning ehtiyojlarini o‘rganib va tahlil qilib, ularning intilishlari, yuzma-yuz kelishi mumkin bo‘lan jihatlarni inobatga olamiz. Bu yoshlar o‘z salohtiyatlarini to‘la amalga oshirishlari uchun tegishli dasturlarni loyihalashda muhimdir. 

Shuningdek, biz yoshlarining ish bilan bandligi va ishtirokini yanada yaxshilash uchun hayot ko‘nikmalarini shakllantirishni istaymiz. Bu yoshlar ovozi siyosatni shakllantirish jarayoniga kiritilishini ta'minlash uchun juda muhimdir.

Bolalar huquqlarini himoya qilish uchun Hukumatga qaysi eng muhim uchta tavsiyani bergan bo‘lar edingiz?

2013 yilda Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan berilgan tavsiyalar:

2013 yilda Bola huquqlari qo‘mitasi bola huquqlari progressiv ravishda amalga oshirilishini ta'minlash uchun tavsiyalar bergan. Hukumat mazkur tavsiyalardan ba'zilarini bajargan bo‘lsa, boshqa ba'zilari bo‘yicha hali harakat qilish kerak.

Yaqinda Bosh vazir o‘rinbosari Narbayeva xonim Bola huquqlari qo‘mitasi tomonidan berilgan tavsiyalarni ko‘rib chiqish va  ularni amalga oshirishni tezlashtirish uchun Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish tashabbusi bilan chiqdi. Bu kengashni tuzishning o‘zi Qo‘mita tavsiyalaridan birini bajarishdir.

Bu tavsiyalarni bajarish bo‘yicha harakatlarni tezlashtirish juda muhim, chunki keyingi yilda O‘zbekiston o‘z hisobotini Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitaga taqdim etadi.

YUNISEF ushbu tavsiyalarni bajarish uchun Hukumat bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Ma'lumotlar:

Ma'lumotlarning mavjudligi va sifati O‘zbekistonning rivojlanishini baholash va zarur siyosiy qarorlar qabul qilish uchun juda muhimdir. Bola huquqlari ko‘rsatkichlarini aniqlash va xalqaro miqyosda taqqoslanadigan ma'lumotni taqdim etish uchun m'lumotlarni to‘plash tizimini mustahkamlash muhim qadamlardir.

Bu ma'lumotlarning xalqaro miqyosda taqqoslanishi zarurati to‘g‘risidagi Prezidentning ko‘rsatmasiga mos keladi. Hukumat bilan multi indikatorli klaster tadqiqotlar va hozirda davom etayotgan oziqlanish bo‘yicha milliy tadqiqotlarga doir Hukumat bilan o‘tkazilgan muhokamalar to‘g‘ri yo‘nalishda   harakat qilishimizning yaxshi namunasidir. YUNISEF hukumatni xalqro standartlarga muvofiq ma'lumotlar yig‘ish va hisobot tizimlarida qo‘llab- quvvatlamoqda. Bu mamlakatda asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ishonchli ma'lumotlarni yig‘ishga, shuningdek 2017 - 2010 yillarga mo‘ljallangan Milliy rivojlanish dasturini yanada takomillashtirishga yordam beradi.

Ijtimoiy himoya:

2017 yil 12 sentabrda qabul qilingan 3268-sonli Prezident qarori   past daromadli oilalar va qiyin ahvoldagi oilalar uchun ijtimoiy nafaqalarni qamrab olishni valyutani liberallashtirish nuqtai nazaridan sezilarli darajada oshirishga qaratilgan. 

 

Ijtimoiy himoya tizimi yanada samarali bo‘lishi uchun nafaqalar barcha muhtoj oilalarni qamrab olishi kerak. Bundan tashqari, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish va turli zarbalardan samarali himoya qilish uchun tegishli ijtimoiy xizmatlar bilan integratsiyalash lozim.

YUNISEF O‘Zbekistondagi ijtimoiy himoya tiziminii takomillashtirish bo‘yicha ekspert xizmatlarini taqdim etishga tayyor.

So‘nggi vaqtda Hukumat maktabgacha ta'lim masalasiga alohida e'tibor bermoqda. Buning uchun xatto yangi vazirlik ham tashkil etildi. Bu dastur uchun qanday tavsiyalarni bera olasiz?

Yodda tutishimiz kerak bo‘lgan muhim masalalardan biri shuki, ta'lim to‘g‘risidagi qonunga yosh bolalarning asosiy huquqi sifatida erta bolalikdagi ta'lim va rivojlanishni kiritish kerak.  Tegishli yosh guruhidagi barcha bolalar bepul va majburiy maktabgacha ta'limdan kamida bir yil foydalanish huquqiga ega; buning uchun Hukumat avvalo eng muhtoj bolalarni birinchi o‘ringa qo‘yishi kerak.

Maktabgacha ta'limni ta'minlash bir tomondan, ota onalarning talabini oshirishni, ikkinchi tomondan esa, sifatli xizmatlar ko‘rsatilishini talab qiladi. Hozirgi kunda sifat va ushbu xizmatlarga ega bo‘lish imkoni e'tiborga molik masaladir. Hukumat malakali maktabgacha tarbiya muassasasi xodimlarini, bolalar uchun do‘stona maktablarni va o‘quv materiallarini ta'minlashi kerak. Shuningdek, uzoq joylarga e'tibor qaratish lozim. 

Qonun bilan kontaktda bo‘lgan bolalar borasida qanday masalalar bor, va Hukumat bunday bolalarni qanday qilib himoya qila oladi?

Bola guvoh yoki jabrlanuvchi sifatida qonun bilan yuzlashar ekan, bunday birinchi muloqot bolaga sezilarli darajada salbiy ta'sir ko‘rsatadi.

YUNISEF 2016 yil 21 oktabrda qabul qilingan 4850 sonli adliya tizimini isloh qilish to‘g‘risidagi Prezident qarorini qutlaydi. Ushbu qarorda bola huquqlarini himoya qilishga alohida e'tibor berilgani muhimdir.

O‘zbekiston bolalar uchun odil sudlov borasida qonunlar va amaliyotlarni ishlab chiqish borasida muhim yutuqlarga erishgan.

YUNISEF quyida keltirilgan namunaviy global amaliyotlarni hoirda amalga oshirilayotgan islohotlarga uyg‘unlashtirish borasida Hukumat bilan ishlamoqda:

• “Bolaning eng yaxshi manfaatlari” tamoyilini milliy qonunchilikka kirtish;

• Adliya jarayonida jabrlangan va guvoh bolalarni himoyalashni kuchaytirish. Bunga quyidagilar kiradi – bolaning yonida ota- onasi bo‘lishi; bepul yuridik yordam; intervyularning soni va davomiyligining cheklangaligi; va bolaga do‘stona muhitdagi intervyu xonalari;

• Ozodlikdan mahrum etishni eng so‘nggi chora sifatida qo‘llash.

YUNISEF qonun bilan kontakda bo‘lgan barcha bolalarga nisbatan xalqaro normalar va standartlarni qo‘llashni ta'minlashda Hukumatga ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Hukumat nogironligi bo‘lgan insonlar masalalarini hal etishga katta e'tibor qaratmoqda. Hukumatning bu boradagi dasturlarini yanada kuchaytirish uchun YUNISEF qanday tavsiyalar berishi mumkin?

YUNISEF Nogironlar masalalari bo‘yicha davlat dasturiga kiritish uchun bir nechta tavsiyalarni berdi. Shulardan ikkitasini ta'kidlashga ijozat bersangiz.

Ko‘pgina tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, nogironligi bo‘lgan bolalar erta bosqichda, ehtimol tug‘ilganidan boshlab, reabilitatsiya qilinsa, buning samarasi 70-80% gacha ko‘tarilishi mumkin. Bu nafaqat nogironlikni yengillashtiradi, balki bolaning ijtimoiy integratsiyasini ham ta'minlaydi. O‘zbekistondagi mavjud tizim hozir islohot qilinyapti, va YUNISEF nogironligi bo‘lgan bolalarga erta bosqichdan boshlab har tomonlama xizmatlar ko‘rsatilishini tavsiya qiladi.

Psixologlar, nutq mutaxassislari, fiziologlar va ijtimoiy xodimlarning roli juda muhim. YUNISEF me'yoriy hujjatlar va ish tavsiflarini ishlab chiqishda hamda malaka oshirishda yordam berishga tayyor.

Ikkinchidan, maxsus ta'limga ehtiyoji bo‘lgan boallarning ko‘pchiligi maxsus maktablarda va internatlarda ta'lim olishadi. Biroq ularning ba'zilari juda yengil nogironlikka ega bo‘lib, oddiy maktablarda osonlik bilan o‘qishi mumkin. Bundan tashqari, taxminan 7,000 ta maktab yoshidagi nogiron bolalar maktab ta'limi bilan umuman qamrab olinmagan va ota-onalar ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladilar.  Nogironligi bo‘lgan bolalarni maktabgcha ta'lim, maktab ta'limi va kasb-hunar ta'limi bilan ta'minlash uchun tegishli huquqiy qonunchilik bazasi zarur.

YUNISEF inklyuziv ta'lim bo‘yicha siyosatni tahlil qilish hamda keyinchalik Inklyuziv ta'lim bo‘yicha milliy harakat dasturini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Mavzuga oid